O‘zbekistonda aprel oyida inflyasiya 1,7 foizni tashkil qildi

O‘zbekistonda aprel oyida inflyasiya 1,7 foizni tashkil qildi

O‘zbekistonda 2020 yil aprel oyida iste’mol narxlari va tariflarning oy dvomida o‘rtacha o‘sish sur’ati 1,7 foizni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lum qilishicha, 2020 yilning yanvar—aprel oylarida davomida iste’mol bozoridagi narxlar va tariflar o‘rtacha 4,5 foizga ko‘tarilgan. Yillik davrda esa (2019 yilning apreliga nisbatan) tovarlar va xizmatlar narxlarining o‘rtacha o‘sish sur’ati 14,5 foizni tashkil etgan.

Yirik guruhlar kesimidagi narxlarning o‘zgarishiga ko‘ra, narxlar vat ariflarning oshishi bo‘yicha yetakchilik o‘tgan oylardagi kabi oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli bo‘ldi. Aprel oyida narxlar 3,3 foizga ko‘tarilib, nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari 0,7 foizga, xizmatlar esa 0,3 foizga oshgan.

Umumiy hisobda, 2020 yilning dastlabki to‘rt oyi davomida oziq-ovqat mahsulolari narxlari darajasi 7,7 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 2,4 foiz va xizmatlar 1,8 foizga oshdi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar