Markaziy bank 21 iyuldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Joriy haftada dollar, yevro ko‘tarildi.
Markaziy bank bergan xabarga ko‘ra, 1 AQSh dollarining rasmiy kursi 15,39 so‘mga ko‘tarilib, 10 210,39 so‘mni tashkil qildi. Yevro 148,12 so‘mga ko‘tarilib, 11 666,39 so‘m bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 14 iyuldan 1 AQSh dollarining rasmiy kursi 10,23 so‘mga ko‘tarilib, 10 194,96 so‘mni tashkil qilgan edi.
Izoh qoldirish