Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan, O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan kirish bo‘yicha yangi tartib belgilandi.
Unga ko‘ra:
Epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lgan («yashil» reyslar) davlatlardan – (oxirgi 10 kun ushbu mamlakatlarda bo‘lib turgan) O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan shaxslar karantin nazoratiga olinmaydi.
Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaygan («sariq» reyslar) davlatlardan – (oxirgi 10 kun ushbu mamlakatlarda bo‘lib turgan) O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida uy karantini nazoratiga olinadi.
Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan («qizil» reyslar – evakuatsiya reyslari) davlatlardan – O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida karantin nazoratida saqlanadi.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy davlatlardan fuqarolarni kirishi bo‘yicha toifaga ajratilgan davlatlar ro‘yxati tasdiqlandi. Unga asosan:
- «yashil» reyslar sifatida – Xitoy Xalq Respublikasi, Tailand, Malayziya, Janubiy Koreya, Gruziya, Vengriya, Latviya, Yaponiya;
- «sariq» reyslar sifatida – Yevropa Ittifoqi davlatlari (Buyuk Britaniya va Ispaniya bundan mustasno), Ozarboyjon;
- «qizil» reyslar sifatida boshqa barcha davlatlar belgilandi.
Belgilanishicha, bu ro‘yxat har haftada yangilab boriladi.
Izoh qoldirish