Moliya vaziri va Statistika qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Prezidentning 9 iyuldagi qarori bilan bir qancha tayinlovlar amalga oshirildi.
Prezident qarori bilan Abruyev Jamshid Ismailovich O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar vazirlikda Davlat byudjeti bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Prezident qarori bilan Xolmurodov Dilshod Ibragimovich O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U Markaziy bank Statistika va tadqiqotlar departamenti direktori lavozimida ishlab kelgan
Izoh qoldirish