O‘zbekistonda 5 kunlik o‘qish tizimini joriy etish taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda 5 kunlik o‘qish tizimini joriy etish taklif qilinmoqda

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida yoshlar turizmini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekistonda turizm sohasi bilan shug‘ullanuvchi yoshlarni birlashtirish, ularning say’i-harakatlarini turizm sohasidagi islohotlarga safarbar etish hamda yoshlar turizmini rivojlantirish maqsadida yoshlar turizmi bo‘yicha jamoat birlashmalarini tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oylik muddatda ichki turizmni rivojlantirish doirasida o‘quvchi va talabalar hamda ularning ota-onalari sayohatlarini samarali tashkil etish maqsadida barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida besh kunlik o‘qish tizimini joriy etish hamda turizm mavsumini uzaytirish maqsadida yozgi ta’til muddatini qisqartirish hisobidan qishgi ta’til davrini uzaytirish bo‘yicha taklif ishlab chiqadi va kiritadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar