Uzcard javobgarlikka tortilishi mumkin

Uzcard javobgarlikka tortilishi mumkin

«Yagona umum respublika protsessing markazi» MChJ (Uzcard brendi ostida bank plastik kartochkalari emitatsiya qiladi) tomonidan banklardagi onlayn-omonatlar uchun yana to‘lov olishni boshlagani haqida xabar jamoatchilik orasida noroziliklarni keltirib chiqargan. Shundan so‘ng Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bunday to‘lov olishning maqsadga muvofiqligini o‘rganishni boshladi.

O‘rganilish jarayoni boshlanishidan qariyb ikki oy (54 kun) dan keyin qo‘mita ushbu masala yuzasidan axborot berdi.

“Bugungi kunga kelib «Yagona umum respublika protsessing markazi» MChJdan Qo‘mita tomonidan so‘ralgan tegishli ma’lumotlar to‘liq berilmagani sababli, o‘rganish muddatini cho‘zilishiga sabab bo‘lmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, agar, «Yagona umum respublika protsessing markazi» MChJ tomonidan so‘ralgan ma’lumotlar taqdim etilmasa, O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasiga binoan, mazkur xo‘jalik yurituvchi sub’yektning ma’muriyati ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkinligini ma’lum qildi”, deyiladi xabarda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar