The Economist jurnali O‘zbekistonni “Yil mamlakati” sifatida e’tirof etdi

The Economist jurnali O‘zbekistonni “Yil mamlakati” sifatida e’tirof etdi

The Economistning qayd etishicha uch yil avval O‘zbekiston yopiq davlat bo‘lgan. Qisqa vaqt ichida O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. 2019 yilda O‘zbekistondan boshqa hech bir mamlakat bu qadar ilgarilab ketmagan, deya ta’kidlaydi maqola mualliflari.

Ta’kidlanishicha, zamonaviy O‘zbekistonda fuqarolar endi partiyalarning saylov oldi kampaniyasini ommaviy tanqid qilishdan va hokimiyatni o‘z kamchiliklari uchun ayblashdan qo‘rqmaydilar.

2018 yilda mamlakat O‘zbekistonning yangi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan boshlangan bir qator islohotlarni amalga oshirdi, bu yil esa boshlangan islohotlar jadal davom etdi:

“Hukumat majburiy mehnatni deyarli to‘xtatdi. “Mashhur” qamoqxona yopildi (Jaslik qamoqxonasi nazarda tutilayapti). Chet ellik jurnalistlarning mamlakatga kirishiga ruxsat berilgan. Kichik biznes vakillari qo‘llab-quvvatlanmoqda. Qo‘shni davlatlar bilan chegaralar ochilib, odamlarning erkin xarakatlanishiga imkon berildi. Xorijiy mutaxassislarni mamlakatning iqtisodiy tizimini tiklash uchun taklif qilinmoqda ”, deya ta’kidlaydi maqola mualliflari.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar