O‘zbekiston “Open Knowledge Foundation”ning munozara guruhiga qo‘shildi

O‘zbekiston “Open Knowledge Foundation”ning munozara guruhiga qo‘shildi

“Open Knowledge Foundation”ning munozara guruhi tarkibida Open Knowledge O‘zbekistan munozara guruhi yaratildi. Bu mamlakat ochiq ma’lumotlaridagi muammolar, voqea-hodisalar, g‘oyalar va loyihalarni muhokama qilish uchun katta imkoniyat yaratadi.

Open Knowledge Foundation – bu jamiyatda ochiq ma’lumotlarning ahamiyatini oshirishga qaratilgan global, notijorat tashkilot bo‘lib, fuqarolik jamiyatida ma’lumotlarga kirish va ijtimoiy muammolarni hal qilish uchun ulardan foydalanishda yordam beradi. Shuningdek, Open Knowledge International tomonidan yuritiladigan Global Ochiq ma’lumotlar indeksi reytingi (Global Open Data Index) – hukumatning ochiq ma’lumotlari holatini dunyo miqyosida baholashlardan biri hisoblanadi.

Open Knowledge Foundation asoschisi va prezidenti Doktor Rufus Pollok birinchilardan bo‘lib, O‘zbekistonning ochiq ma’lumotlar bo‘yicha munozara guruhiga qiziqish bildirib, ochiq ma’lumotlarni yanada rivojlantirishda omad tilagan holda sharh qoldirdi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, Doktor Rufus Pollok ma’lumotlarni ochish va foydalanish uchun qulayliklar yaratishga ixtisoslashgan “Open Knowledge Foundation” xalqaro notijorat tashkilotining asoschisi va prezidenti hisoblanadi. U Shuttlvort jamg‘armasi xodimi va Kembridj universiteti Emmanuel kollejining iqtisodiy masalalar bo‘yicha xodimi lavozimlarida faoliyat yuritgan. Hozirda bir nechta mamlakatlarning ochiq ma’lumotlar bo‘yicha maslahatchi hisoblanadi. U shuningdek, yangiliklar yaratish va tarqatish bilan bog‘liq ijtimoiy, huquqiy va texnik muammolar bo‘yicha olim va texnolog sifatida katta tajribaga ega.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar