So‘x tumani aholisiga yangi uy-joy qurishlari uchun ipoteka kreditlari ajratiladi

So‘x tumani aholisiga yangi uy-joy qurishlari uchun ipoteka kreditlari ajratiladi

“2020-2021 yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiyot tarmoqlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida:

  • 2020 yilda jismoniy shaxslar yer solig‘i va mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi;
  • 2020 yil 1 avgustdan 2021 yil 31 iyulga qadar:
  1. yakka tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i amaldagi qat’iy belgilangan soliq stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi;
  2. alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini olish uchun yig‘im to‘lashdan ozod qilinadi.

Tadbirkorlarning biznes loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida kredit foiz stavkasining 10 foizli punktidan yuqori bo‘lgan qismi, biroq Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmagan miqdori kompensatsiya qilinadi.

Qarorga ko‘ra, So‘x tumani aholisiga yangi uy-joy qurishlari uchun ipoteka kreditlari ajratiladi.

So‘x tumanida joylashgan tibbiyot muassasalari shifokorlarining lavozim maoshlariga sohadagi ish stajining birinchi 3 yili uchun tarif stavkasiga nisbatan 40 % va har bir keyingi 2 yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 15 % miqdorda, ustamaning eng ko‘p miqdori 100 % o‘rnatiladi.

Shuningdek, So‘x tumanida samolyot va vertolyotlar uchun uchish-qo‘nish maydonchalari tashkil etiladi.

So‘x tumani aholisi uchun Farg‘ona viloyatining Yozyovon, Qo‘shtepa, Bag‘dod, Rishton va Buvayda tumanlari hududida dehqonchilik qilish uchun ekin yer maydoni va ipoteka kreditlari asosida kvartiralar ajratiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar