Senat tomonidan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ma’qullandi (yangi tahrirda)

Senat tomonidan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ma’qullandi  (yangi tahrirda)


Senat tomonidan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ma’qullandi. Qonunda maktabgacha ta’lim va tarbiya masalasiga alohida e’tibor qaratilib, maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta’lim turini takomillashtirish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, qonunda boshlang‘ich ta’lim, kasb-hunar ta’limi, kasb-hunar maktablarida 9-sinf bitiruvchilari negizida bepul asosda kunduzgi ta’lim shaklida umumta’lim va mutaxassislik fanlarining ikki yillik integratsiyalashgan dasturlari asosida ta’lim amalga oshirilishi belgilanmoqda.

Qonun ta’limning nodavlat shaklini rivojlantirishga, jamiyatimizda intelektual mulk salohiyatidan samarali foydalanishga, ilm-ma’rifatga doir ish joylari kengayishiga imkon beradi.

Ma’qullangan Qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach rasmiy kuchga ega bo‘ladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar