Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasidagi nutqlarida eng ko‘p qo‘llanilgan so‘zlar tahlili

Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasidagi nutqlarida eng ko‘p qo‘llanilgan so‘zlar tahlili

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 20 yanvar sanasida Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida va Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi yig‘ilishida nutq so‘zladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senatining birinchi majlisidagi nutqida jami 3432 ta so‘z ishlatilgan bo‘lsa, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi yig‘ilishida nutqida esa jami 4335 ta so‘z ishlatilgan.

Mazkur nutqlarning stenogrammasida keltirilgan so‘zlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan eng ko‘p ishlatilgan so‘zlarning kontent analizi amalga oshirilib, ularni tasviriy ifodalovchi so‘zlar jamlanmasi tuzildi. Bunda so‘zlar tahlil qilinayotgan matn ichida qancha ko‘p ishlatilgan bo‘lsa, tasvirda so‘z shuncha katta ko‘rinadi.

  • 1-rasmda Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 20 yanvar sanasida Oliy Majlis Senatining birinchi majlisidagi nutqida eng ko‘p ishlatilgan so‘zlar o‘rin olgan.

Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 20 yanvar sanasida Oliy Majlis Senatining birinchi majlisidagi nutqida eng ko‘p “senat” va “senatorlar” so‘zlari qo‘llanilgan bo‘lib, jami 82 marta ishlatilgan. Keyingi o‘rinlarda eng ko‘p ishlatilgan so‘zlar esa “tashkil”, “zarur”, “mahalliy” va “davlat” so‘zlari hisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida senat va senatorlar zimmasiga mahalliy kengashlar bilan birga ularning faoliyatni samarali tashkil etish orqali mamlakatimizni yanada rivojlantirish uchun yuksak mas’uliyat yuklanganligidan dalolat beradi.

  • 1-rasmda Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 20 yanvar sanasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi birinchi yig‘ilishidagi nutqida eng ko‘p ishlatilgan so‘zlar o‘rin olgan.

Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 20 yanvar sanasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi birinchi yig‘ilishidagi nutqida eng ko‘p “parlament” so‘zi qo‘llanilgan bo‘lib, jami 34 marta ishlatilgan. Keyingi o‘rinlarda eng ko‘p ishlatilgan so‘zlar esa “qonun”, “xalqaro”, “yangi”, “xalq”, “saylov”, “deputatlar” so‘zlari hisoblanadi. Mazkur so‘zlar o‘rta hisobda 20 martadan ishlatilgan. Bu esa o‘tgan saylovlarda xalqaro kuzatuvchilar va tashkilotlarning har doimgidan faol ishtirok etganligi barobarida qonunchilik tizimini rivojlantirishda parlament faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish muhim rol o‘ynashini anglatadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar