Prezident Xalq qabulxonalariga kuniga 400 dan ortiq murojaat kelib tushmoqda. Ularning qanchasi hal etildi?

Prezident Xalq qabulxonalariga kuniga 400 dan ortiq murojaat kelib tushmoqda. Ularning qanchasi hal etildi?

Prezident qabulxonalari aholi bilan muloqotning muhim vositasi aylandi va nafaqat aholining shikoyat va arizalarini ko‘rib chiqish, balki tegishli idoralar va mahalliy tashkilotlar bilan birgalikda muammolarni hal qilish bilan ham shug‘ullanmoqda. Shu vaqtga qadar o‘z yechimini topmay kelayotgan bir qancha muammolar nazoratga olinib, kerakli zarur choralar ko‘rildi.

Prezident xalq qabulxonalari aholining ishonchli tayanch maskaniga aylanib ulgurdi. Quyida dalillar asosida raqamlar va ijro etilgan murojaatlar hisoboti keltirilgan. Joriy yilning 10 iyulidan 10 avgustiga qadar Xalq qabulxonalariga 13 165 ta murojaat (1 kunda o‘rtacha – 439 ta) kelib tushdi. 1 715 ta murojaat (13,0%) bo‘yicha tushuntirishlar berilgan, 2 152 ta murojaat (16,3%) ijobiy qanoatlantirilgan, 2 218 tasi (16,8%) huquqiy ma’lumot berish orqali hal qilingan, 96 ta murojaat (0,7%) uzoq muddatli nazoratga olingan, 9 tasi (0,1%) ma’lumot uchun qabul qilingan, 6 869 ta murojaat (52,2%) jarayondagi murojaatlar va 106 ta (0,8%) murojaat rad etilgan. 8 806 ta murojaat zudlik bilan hal etilgan.

Ma’lumot uchun: 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xalq qabulxonalari ochildi. Xalq qabulxonalari ochilganidan buyon bugungi kunga qadar Prezident nomiga 3,7 milliondan ortiq murojaat kelib tushgan bo‘lib, unda turmush darajasi, bandlik, uy-joy, sifatli kommunal xizmatlar, sog‘liqni saqlash va ta’lim xizmatlari bilan bog‘liq ko‘plab muammolar aks ettirilgan. Ko‘tarilgan ko‘plab masalalar fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, aholining kambag‘al va zaif qatlamlariga yordam berish bilan bog‘liq.

Hisobot davri uchun fuqarolarning murojaatini tahlil qilish

Eng ko‘p murojaatlar Surxondaryo (1 684 ming), Qashqadaryo (1 490 ming) va Farg‘ona (1 401 ming) viloyatlaridan kelib tushgan.

Eng kam murojaatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi (483 ta), Navoiy (483 ta) va Toshkent shahri (298 ta) aholisidan kelib tushgan.

Ko‘pgina fuqarolar moddiy yordam va nafaqalar (23,2 %), shuningdek, (8,2%) kommunal xizmat ko‘rsatish, xususan, gaz, elektr-energiyasi va ichimlik suvi ta’minotidan shikoyat qilishdi.

Bundan tashqari, mehnat va aholi bandligi (5,8 %), aliment va qarzlarni undirish (5,4%) hamda bank tizimi faoliyati va kreditlash (3,1%) bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan.

Shu bilan birga uy-joy bilan ta’minlash (2,3%), davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari xodimlarining xatti-harakatlari ustidan shikoyatlar (1,7%), sudlarning ijrosi (1,2%) bo‘yicha shikoyatlar kelib tushgan.

Shuningdek, aholi huquqni muhofaza qilish organlari, xususan, surishtiruv va tergov (0,4%), majburiy ijro organlari faoliyati bo‘yicha ham murojaat qilgan.

Tashkilotlar va muassasalar kesimida eng ko‘p murojaatlar 2 525 ta (17,6%) mahalliy davlat hokimiyati organlari, 2 321 ta (17,6%) O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, 1 303 ta (9,9%) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, 1 231 ta (9,4%) Bosh prokuratura, 1 036 ta (7,9%) Ichki ishlar vazirligi masalalar bo‘yicha kelib tushgan.

Eng kam tashkilot va muassasalar kesimida aholi murojaati 722 ta (5,5%) Majburiy ijro byurosi, 592 ta (4,5%) Sog‘liqni saqlash vazirligi, 528 ta (4,0%) Markaziy bank va tijorat banklari, 336 ta (2,6%) O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, 282 ta (2,1%) “Hududgazta’minot” AJ, 276 ta (2,1%) Oliy sudi vakolatiga taalluqli murojaatlar kelib tushgan.

Shu bilan birga fuqarolar tomonidan 126 ta takroriy va 272 ta dublikat murojaat kelib tushgan. Takroriy murojaatlar viloyatlar kesimida tahlil qilinganda shuni ko‘rsatdiki, Samarqand viloyati 28 ta, Jizzax viloyati 24 ta, Buxoro viloyati 13 ta va Farg‘ona viloyatida 9 ta takroriy murojaatlar yuqoriligi qayd etilgan.

Takroriy murojaatlar tashkilotlar kesimida o‘rganilganda Oliy Sud 20 ta, Markaziy va tijorat banklari 15 ta, Energetika vazirligi 9 ta, Bosh prokuratura 9 ta, Ichki ishlar vazirligi 9 ta va bu jami takroriy murojaatlarning 63 ta yoki 50,0 % tashkil qilmoqda.

2019 yil 17 yanvar kuni Prezidentimizning "aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi Farmoni chiqarilib, xalq qabulxonalari hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tarmoqlari bilan birgalikda davlat organlari tomonidan aholining uyma-uy yurish yo‘li bilan muammolarini aniqlash, shuningdek, ularning yechimini ta’minlash belgilab berilgan.

Kambag‘al oilalarni o‘z ichiga olgan "temir daftar" deb nomlangan oilalar ro‘yxati shakllantirilgan, shuningdek, kam ta’minlangan oilalarni o‘z ichiga olgan va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini muammolarini ham hisobga olgan. Xalq qabulxonalari yordam so‘rab murojaat qilgan yuz minglab o‘zbekistonliklarga yordam berib, aholining kambag‘al va zaif qatlamlariga manzilli yordam ko‘rsatish uchun samarali vosita bo‘lishini aniq aytish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining

Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar