Prezident Xalq qabulxonalari qishloq yoshlari bandligi ta’minlamoqda

Prezident Xalq qabulxonalari qishloq yoshlari bandligi ta’minlamoqda

Mazkur yo‘nalishda har bir hududda “Manzilli reja” va “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, mahalliy kengashlar sessiyalari qarorlari bilan tasdiqlandi. Ushbu hujjatlar ijrosi doirasida mamlakatimiz bo‘yicha jami 117 ming nafardan ziyod yoshning bandligi ta’minlandi.

Xususan:

  • qishloq xo‘jaligida qariyb 40 ming 70 nafar
  • tadbirkorlik sohasida 17 ming 520 nafardan ortiq
  • jamoatchilik ishlarida 22 ming 550 nafardan ko‘proq
  • qurilish sohasida 5 ming nafardan ziyod
  • boshqa soha va yo‘nalishlarda 29 ming 800 nafardan ortiq, shu jumladan, vazirliklar, qo‘mitalar, uyushmalar va boshqa tashkilotlar tizimlarida 16 ming 297 nafar yoshlar ishga joylashtirildi.

Shular qatorida 2 ming 61 nafar yosh turli kasblarga qayta o‘qitildi.

Yoshlarning tadbirkorlikka oid 9 ming 157 loyihasi uchun tijorat banklari 357,5 mlrd so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratdi.

“Har bir yoshga – bir gektar” loyihasi doirasida 15 ming nafardan ziyod yoshlarga 29,3 ming gektar yer ajratildi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 10 ming 223 ming nafar ishsiz farzandlarini birlashtirgan 266 ta ishlab chiqarish birlashmalari tashkil etildi. Mazkur kooperativlarga a’zolik badallari uchun 28,5 mlrd. so‘m subsidiya ajratildi.

Xalq qabulxonalari, hududiy sektorlar rahbarlari yordamida kooperativlar tomonidan qir-adir va cho‘l hududlardagi yerlarda 1 ming 922 ming gektar qo‘riq ochildi, ekinzor hisobidan chiqarilgan 5 ming 368,3 gektar yer qayta ekin maydonlariga qo‘shildi.

Yangi ochilgan va qayta ekinzorga aylantirilgan yerlarni sug‘orish maqsadida:

  • 139 ta quduq qazildi
  • 122 ta suv nasosi o‘rnatildi
  • 38 ta nasos ta’mirlandi
  • 20 ta drenej qurildi
  • 2 ta drenaj ta’mirlandi
  • 95 km. suv novlari yangidan tortildi, 42 km. qismi ta’mirdan chiqarildi
  • 224 km. kanal va ariqlar tozalandi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar