Pandemiya sharoitida to‘qimachilik sanoati o‘zini qanday qilib saqlab qoldi?

Pandemiya sharoitida to‘qimachilik sanoati o‘zini qanday qilib saqlab qoldi?

To‘qimachilik sanoating so‘ngi yillarda erishgan muhim yutuqlaridan biri bu paxta-to‘qimachilik klasterlar tizimini joriy etilishi bo‘ldi.

Dastlab 2017 yilda to‘qimachilik korxonalari tomonidan Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tajriba tariqasida klaster tizimi joriy etildi. 2018 yilda respublikamizning boshqa hududlarida ham tajriba ommalashtirilib 15 ta, 2019 yilda 75 ta klaster tashkil etildi. Ular tomonidan 88 ta tumanda 677,5 ming gektar yoki 66 foiz maydonda paxta xomashyosi “klaster” usulida yetishtirilib, jami 2,045 million tonna (yalpi hosilga nisbatan 73% va rejaga nisbatan 100%) paxta xomashyosi tayyorlandi. Bundan tashqari 9,4 ming gektar maydonda tomchilatib sug‘orish tizimlari va 311 ta yangi suv nasoslari o‘rnatildi. Shuningdek, 12,6 ming dona qishloq xo‘jaligi texnikasi va 232 ta yuqori unumli paxta terish mashinasi sotib olindi.

Ijobiy tajribadan kelib chiqib, 2020 yilda paxta to‘qimachilik klasteri soni 96 taga, yer maydonlari esa 913 017 gektarni tashkil etmoqda. Bu respublikadagi paxta xom ashyosi yetishtirladigan yer maydonlarining 88,4 foiz tashkil etadi.

2020 yilda sanoatning rivojlanish istiqbollari

Bir necha oylar davomida pandemiya global iqtisodiyotga faol ta’sir ko‘rsatmoqda. Turli mamlakatlarda pandemiya oqibatida paxta narxining pasayishi, eksport va import hajmining pasayishi, yetkazib berish zanjirining uzilishi va ishlab chiqarishni to‘xtatilishiga olib keldi. Koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish uchun favqulodda choralarni ko‘rishga majbur bo‘lindi. Ushbu jarayon O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatini cheklab o‘tmadi.

O‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida korxonalar faoliyati qayta tiklandi va barcha ish o‘rinlari saqlab qolindi, mahsulotni ishlab chiqarish va eksport suratlari o‘sishda davom etdi.

Bundan tashqari mavjud karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari aholiga himoya niqoblari va kombinezonlarini yetkazib berib, ularning kunlik ishlab chiqarilishini 6 mln.donadan oshirishga erishdi, aprel oyining o‘rtalaridan esa himoya niqoblari Rossiya, Ukraina, Fransiya, Quvayt, Azerbaydjon, AQSh kabi davlatlarga eksport qilina boshlandi.

Pandemiyaning to‘qimachilik sanoatiga salbiy ta’sini yumshatish, korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va ularda ishchi o‘rinlarini saqlab qolish maqsadida respublikada birinchilardan bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra sanoat korxonalariga bir qator imtiyozlar berildi.

Joriy yilning 5 oylik natijalari

Joriy yil yanvar-may oylarida sanoat mahsulotlarining ishlab chiqarish xajmi 8,3 trln. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,1 %, prognoz ko‘rsatkichlari 103 % ga bajarildi. Joriy yil I yarim yilligida Sanoat mahsulotlarining ishlab chiqarish xajmini 10,2 trln. so‘mga olib chiqib, o‘tgan yil davriga nisbatan o‘sish sur’ati 106,2 %, o‘sishi kutilmoqda.

Pandemiyaning respublika iqtisodiyotiga ta’sirini kamaytirish maqsadida eng avvalo hudularda yangi korxonalarni tashkil etish, aholini ish bilan ta’minlash hamda ularning real daromadlarini oshirish sanoat oldidagi eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

2020 yilda hududlarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida umumiy qiymati 598,4 mln.dollar (shundan 232,4 mln.doll. xorijiy investitsiya va kredit) bo‘lgan 53 ta yirik loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Mazkur loyihalar amalga oshirilishi natijasida 13575 dan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi.

Joriy yil 1 iyun holatiga umumiy qiymati 49,8 mln.doll. bo‘lgan 12 ta loyihalar foydalanishga topshirilib, ushbu loyihalarda 2200 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Jumladan, Andijon viloyati Andijon shahrida "WBM Textile Group" tomonidan 5,2 mln.dona tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi va 1200 ta ish o‘rinlari, Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida "Newland" MChJ tomonidan 1,5 mln.dona tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi va 250 ta ish o‘rinlari, Sirdaryo viloyati Guliston tumanida "Mili Guliston Tekstil " MChJ tomonidan 10,0 ming tonna ip kalava ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi va 400 ta ish o‘rinlari, Namangan viloyati Namangan tumanida "Dosso group" MChJ tomonidan 500,0 ming dona etiketka ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi va 50 ta ish o‘rinlari yaratildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar