“O‘zkimyosanoat” AJning 12 ta aktivi auksion savdolariga qo‘yiladi

“O‘zkimyosanoat” AJning 12 ta aktivi auksion savdolariga qo‘yiladi

“O‘zkimyosanoat” AJ tarkibidagi tashkilotlarning aktivlaridan samarali foydalanish hamda moliyaviy holatini sog‘lomlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan “O‘zkimyosanoat” AJ tarkibidagi tashkilotlarga qarashli bo‘lgan bo‘sh turgan, foydalanilmayotgan va tarmoqning asosiy faoliyat turiga bog‘liq bo‘lmagan aktivlaridan samarali foydalanish maqsadida:

  • ommaviy savdolarda sotiladigan aktivlar (ko‘chmas mulk ob’yektlari) ro‘yxati;
  • davlat va hokimiyat organlariga davlat mulki sifatida balans qiymatida beriladigan aktivlarning ro‘yxati tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, ommaviy savdolarda sotiladigan 12 ta, davlat va hokimiyat organlariga davlat mulki sifatida beriladigan 3 ta aktiv belgilandi.

Ommaviy savdolarda sotiladigan aktivlar “E-IJRO AUKSION”da boshlang‘ich narxi ularning balans va (yoki) nominal qiymatida, agar balans qiymati “nol”ga teng bo‘lgan taqdirda, shartli “1 so‘m” etib belgilanadi.

Shuningdek, qaror bilan davlat va hokimiyat organlariga davlat mulki sifatida balans qiymatida beriladigan aktivlar bo‘yicha har qanday xarajatlarning kimyo korxonalari tomonidan amalga oshirilishi man etildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar