“O‘zbekneftgaz”, “O‘ztransgaz”, “O‘zbekgidroenergo”, “Navoiy KMK”, “O‘zavtosanoat” kabi yirik korxonalar majburiy energoauditdan o‘tkaziladi

“O‘zbekneftgaz”, “O‘ztransgaz”, “O‘zbekgidroenergo”, “Navoiy KMK”, “O‘zavtosanoat” kabi yirik korxonalar majburiy energoauditdan o‘tkaziladi

O‘zbekistonda ko‘p energiya sarflayotgan yirik korxonalarda majburiy energoaudit o‘tkazish mexanizmi joriy etiladi. Bu haqida prezidentning yangi qarorida aytib o‘tilgan. Qarorga muvofiq, hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan aholi va korxonalardan kichik GES, shamol va quyosh elektr stansiyalari tomonidan o‘z ehtiyojidan ortiqcha miqdorda ishlab chiqilgan elektr energiyasini kafolatlangan tartibda belgilangan narxda sotib olish mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi.

Yoqilg‘i-energetika yillik iste’moli 2 ming tonna shartli yoqilg‘i hajmiga teng bo‘lgan yoki 1 ming tonnadan ortiq motor yoqilg‘isi bo‘lgan korxonalar 2021-2022 yillarda majburiy energetik tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Ushbu choralar natijasida 2 yil ichda energiya samaradorligini oshirish natijasida 3,3 milliard kVt*soat elektr energiyasi, 2,6 milliard metr kub tabiiy gaz va 16, 3 ming tonna neft mahsulotlari tejash rejelashtirilmoqda.

2020 - 2022 yillar davomida energiya samaradorligi oshirish kerak bo‘lgan 285 ta yirik korxonalar ro‘yxati ushbu Qarorga ilova qilingan. Ular orasida “O‘zbekneftgaz”, “O‘ztransgaz”, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” “O‘zbekgidroenergo”, “O‘zkimyosanoat” “Navoiy KMK”, “Olmaliq KMK”, “O‘zavtosanoat”, “O‘zdonmahsulot” va boshqalar bor.

Undan tashqari Energetika vazirligi tarkibida byudjetdan tashqari Tarmoqlararo energiya jamlash Jamg‘armasi tashkil qilinadi.

Jamg‘arma davlat ulushi bo‘yicha dividendlar, neft-gaz va elektr energetikasi korxonalarining sof foydasidan 5% o‘tkazmalar, oshirilgan tariflar va sanksiyalar summasining 20%, grantlar va boshqa to‘lovlar hisobidan to‘ldiriladi.

Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlarga sarflanadi:

  • ko‘p qavatli uylarda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha loyihalar tayyorlash va energiya auditini o‘tkazish;
  • energiya samaradorligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash va qayta tayyorlash;
  • qayta tiklanuvchi energiya manbaalari bo‘yicha start aplar va korxonalar ustav kapitalini shakllantirishda ishtirok etish;
  • Jamg‘arma ijro direksiyasini ta’minlashb xodimlarini tayyorlash va ularni moddiy rag‘batlantirish va boshqa maqsadlar uchun ishlatiladi.

Prezident qarorining to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar