O‘zbekistonda karantin butunlay to‘xtatilmaganiga qaramay yozni tog‘da dam olib yoki sayohatda o‘tkazish mumkin

O‘zbekistonda karantin butunlay to‘xtatilmaganiga qaramay yozni tog‘da dam olib yoki sayohatda o‘tkazish mumkin

“Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, belgilangan sanitariya-gigiyena me’yorlari va talablariga qat’iy rioya etgan holda 2020 yilning 1 iyunidan “yashil” va “sariq” toifadagi hududlarda ichki turizm qayta yo‘lga qo‘yiladi va yondosh tashkilotlarning (turoperatorlar, turagentliklar, joylashtirish vositalari, madaniyat va madaniy meros ob’yektlari hamda boshqalar) faoliyati boshlanadi.

Fuqarolariga O‘zbekistonga kirishga ruxsat etiladigan mamlakatlar ro‘yxatini belgilab olgan holda kirish turizmi bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.

Turoperatorlar, turagentlar, shuningdek, joylashtirish vositalari (mehmonxonalar, dam olish uylari va b.) uchun:

  • 2020 yil 1 iyundan 31 dekabrga qadar foyda solig‘i stavkasi belgilangan stavkaga nisbatan 50 foizga kamaytiriladi;
  • 2020 va 2021 yil yakunlari bo‘yicha zararlarni Soliq kodeksida nazarda tutilgan miqdor bilan cheklamagan tarzda o‘tkazish huquqi beriladi;
  • 2021 yil 1 yanvargacha bo‘lgan davrda turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash to‘xtatiladi.

Shuningdek, joylashtirish vositalariga alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun mahalliy yig‘imni to‘lashni 2021 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatga davlat soliq xizmati organlarini xabardor qilish va keyinchalik ularni 12 oy mobaynida teng qismlarda to‘lash asosida foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) huquqi taqdim etiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar