O‘zbekistonda benzindan keyin dizel yoqilg‘isi narxida ham "qulash" kuzatildi

O‘zbekistonda benzindan keyin dizel yoqilg‘isi narxida ham

2020 yilning 1 mart kunidan boshlab “O‘zbekneftgaz” AJning “UNG” milliy brendi ostidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida dizel yonilg‘isining narxi 200 so‘mga kamaytirilgan edi.

"3 aprel kunidan e’tiboran, dizelyonilg‘isi narxi 300 so‘mga arzonlashtirilgan holda sotuvga chiqariladi. Guvohi bo‘layotganingizdek, dizel yonilg‘isining narxi bir oy vaqt davomida 500 so‘mga pasaydi", deyiladi "O‘zbekneftgaz" AJ matbuot xizmati xabarida.

“O‘zbekneftgaz” yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i orqali sotiladigan dizel yoqilg‘isining narxi xorijiy kompaniyalar tomonidan sotilayotgan dizel yoqilg‘isi narxidan 11,5% arzonligi ta’kidlanmoqda.

"Biz doimiy ravishda aholiga sotilayotgan mahsulot tannarxini muntazam o‘rganamiz va tahlil qilamiz", deydi “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli “UNG Petro” direktori Mirzohid Musayev.

“O‘zbekneftgaz” AJ narxlarni bosqichma-bosqich kamaytirib borishda davom etishini bildirgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar