O‘zbekiston Qozog‘istonga 5 ming kishiga mo‘ljallangan masjid qurib bermoqda

O‘zbekiston Qozog‘istonga 5 ming kishiga mo‘ljallangan masjid qurib bermoqda

Turkistonda 5 mingdan ortiq kishiga mo‘ljallangan ulkan masjid qurilmoqda. O‘tgan yili tamal toshi qo‘yilgan masjid qo‘shni O‘zbekistonning Turkistonga tortiq qilgan tuhfasidir, deb xabar beradi Kazinform.

"Dunyoning eng yaxshi tajribalarini o‘zida mujassam etgan me’morchilik obidasining ichki va tashqi ko‘rinishi sharqona uslubda bezatiladi. Noyob loyiha O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda", deyiladi xabarda.

Masjidning umumiy maydoni 5 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Masjidning tashqarisida 3 ming kishi namoz o‘qishi mumkin. Arxitektura majmuasida musulmon marosimlari o‘tkaziladigan joylar, kongress zali, to‘y saroyi, 180 o‘rinli madrasa, kutubxona, oshxona, sport maydonchasi, 500 mashinaga mo‘ljallangan avtopark va ajoyib favvora bo‘ladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar