O‘zbek gilosi 11 ta davlat bozorlariga kirib bordi

O‘zbek gilosi 11 ta davlat bozorlariga kirib bordi

2020 yil 1 iyun holatiga ko‘ra, eksport qilingan gilos mahsulotlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, jami 23,5 ming tonna gilos mevasi 11 ta xorijiy mamlakatlar bozorlarida sotilmoqda. Bugungi pandemiya sharoitida bu ijobiy holat. Ushbu mamlakatlar orasida Qozog‘iston 12,4 ming tonna, Rossiya 6,7 ming tonna, Qirg‘iz Respublikasi 4,1 ming tonna bilan yuqori ulushga ega bo‘ldi.

E’tiborlisi, so‘nggi yillarga qaraganda bu yil o‘zbek gilosi Koreya va Tailand davlatlariga ham eksport qilindi. Joriy yilning 1 iyun holatiga ko‘ra, Koreya Respublikasida 51,8 tonna mahsulot 206,8 ming AQSh dollariga sotilgan.

Mazkur jadvaldagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, gilos mevasi eksporti o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 2 barobarga oshgan. Demak, joriy yilning 1 iyun holatiga ko‘ra, gilos mevasi sotuvidan mamlakatimizga qariyb 48 million AQSh dollari miqdorida valyuta kiritildi.

Yuqorida keltirilgan raqamlar yanada oshishi mumkin. Boisi, mazkur mevalarning xorijiy mamlakatlarga eksporti davom etmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar