Microsoft TikTok ijtimoiy tarmog‘ini sotib olishga urinyapti

Microsoft TikTok ijtimoiy tarmog‘ini sotib olishga urinyapti

Microsoft Xitoyning ByteDance kompaniyasi bilan TikTok ijtimoiy tarmog‘ini sotib olish borasida muzokaralar o‘tkazmoqda. Bu haqda Bloomberg nashri xabar qildi.

Nashrda aytilishicha, AQSh prezidentni Donald Tramp Xitoy kompaniyasini o‘z hududida nazorat qilishning imkoni yo‘qligi uchun TikTokni bloklashga urinmoqda. Prezident ma’muriyati bu haqdagi qarorni 24 soat ichida e’lon qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun: TikTok ilovasi 2017 yili yaratilgan. Undan asosan o‘smirlar faol foydalanmoqda. Hindiston va Gonkong esa bu ijtimoiy tarmoqni allaqachon bloklagan.

Microsoft va TikTok esa muzokaralar natijasi yoki biror bir bitim haqida ma’lumot berishni rad etmoqda.

Avval ham amerikalik investorlar TikTokni sotib olishga bir necha bor harakat qilgan. Ilovani Xitoydan sotib olish harakatlari ijtimoiy tarmoqning AQShda taqiqlanishi ehtimoli paydo bo‘lganidan boshlangan edi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar