Karantin yumshatilishi bilan O‘zbekiston iqtisodiyoti qanday tiklanayapti

Karantin yumshatilishi bilan O‘zbekiston iqtisodiyoti qanday tiklanayapti

Markaziy bank bazaviy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi, yillik 15% darajada. Tashkilot qarorni inflyasiya darajasining barqarorlashishini kutayotgani bilan izohladi.

Markaziy bank yil oxiridagi inflyasiya bashoratini o‘zgarishsiz - 11-12,5% darajada saqladi, shu bilan birgalikda ikkinchi yarim yillikda inflyasiyaning sezilarli darajada pasayishi kutilmoqda. Faoliyatning izchil jonlanishi, shuningdek umumiy taklifning talab bilan muvofiqlashtirilishi hamda tartibga solinuvchi narxlarning o‘zgarmasligi - kutilayotgan asosiy omillardir.

Iyun va iyul oylarida yillik inflyasiyaning pasayish moyilligini oraliq ko‘rsatkichlardan past darajada ushlab turish, yilning ikkinchi yarmida bazaviy stavkani pasaytirish uchun sharoit yaratadi, deya qayd etdi. Shu bilan birga, Markaziy bank inflyasiya omillari va tavakkalari mohiyatini o‘rganishni va inflyasiyani bashorat qilish sur’ati asosida bazaviy stavka bo‘yicha qarorlar qabul qilishni davom ettiradi.

Shuningdek, Markaziy bankda karantinni bosqichma-bosqich yumshatish bilan bir qatorda iqtisodiy ko‘rsatkichlar qanday tiklanayotgani haqida gapirib berishdi.

Inflyasiya

Aprel oyida pandemiya ta’siridagi inflyasiya bozor narxlarining asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga, dori-darmonlar va shaxsiy parvarishlash vositalariga talabning keskin oshishiga moslashishi tufayli 1,7% ni tashkil etdi.

May oyida narxlarning umumiy darajasi bozorlarni yangi sabzavot hosillari bilan to‘ldirish, cheklov choralarini yumshatish va iqtisodiy faoliyatni bosqichma-bosqich tiklash natijasida nisbatan barqarorlashdi. Narxlar 0,3%ga o‘sdi va yillik inflyasiya 14%ni tashkil etdi, bu oraliq ko‘rsatkichdan oshmaydi.

Pandemiya sharoitida aholi asosan oziq-ovqat va dori-darmon sotib olib, boshka turdagi mahsulotlarni sotib olishdan cheklandi. Bu iste’mol narxlari indeksida, inflyasiya darajasi hamda aholi va biznesning kutilayotgan inflyasiya darajasida aks etdi, ular may oyida biroz pasaygan, ammo hanuzgacha nisbatan yuqori darajada saqlanib turibdi.

Karantin choralarining asta-sekin yumshatilishiga qaramay, iqtisodiyotda inflyasion jarayonlarning istiqbollari to‘g‘risida hali ham noaniqliklar mavjud: bir tomondan, yalpi talab pasayish ta’siriga ega, boshqa tomondan cheklangan taklif kuchaytiruvchi ta’sirga ega.

Bundan tashqari, asosiy savdo hamkorlari iqtisodiyotining uzoqroq tiklanishi, shuningdek, biznesni yangi iqtisodiy voqeliklarga moslashuvi vaqti va darajasi asosiy tavakkallar hisoblanadi.

Yilning birinchi yarmi oxiriga kelib, aprel oyidagi ayirboshlash kursining tashqi sharoitlarga va pandemiyaga ta’sir qilishi narx darajasiga hamda yillik inflyasiya sur’atining (14-14,5%) saqlanib qolishi kutilmoqda.

Iqtisodiy faollik

Aprel oyida karantin va jahon bozori sharoitlarining og‘irlashishi sababli ishbilarmonlik faolligi sezilarli darajada pasaydi. Ishlab chiqarishning qisman to‘xtab qolishi va aholi daromadlarining tushib ketishi iqtisodiyotdagi yalpi talabning pasayishiga olib keldi.

Banklararo to‘lov tizimi orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalarning umumiy miqdori sezilarli darajada kamaydi - aprelda 39,8%ga, may oyida 34,7%ga (o‘tgan yilga nisbatan).

May oyida savdo va pullik xizmatlar terminallari orqali amalga oshirilgan to‘lovlar hajmi aprel oyiga nisbatan 25%ga o‘sib, 5,2 trln so‘mni tashkil etdi.

Shuningdek mayda tijorat banklariga tovarlar va xizmatlarni sotishdan tushgan naqd pul tushumlari tiklana boshladi. Agar aprel oyida banklarga 3,4 trln so‘m kelib tushgan bo‘lsa, may oyida bu ko‘rsatkich 44%ga o‘sib, 4,9 trln so‘mni tashkil etdi.

Shunga o‘xshash holat O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi savdolarida ham kuzatildi. Aprel oyida savdo hajmi oldingi oyga nisbatan 9,4%ga pasaygan va may oyida 39,7%ga o‘sgan.

Bundan tashqari, transchegaraviy o‘tkazmalar oqimi tiklanmoqda, bu aholining iste’mol kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kerak. Shunday qilib, may oyida aprel bilan taqqoslaganda pul o‘tkazmalari hajmi $234 mlnga oshdi va $484 mlnni tashkil etdi.

May oyi yakunlari bo‘yicha sanoat sohasidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi aprel oyidagiga nisbatan 27% darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda.

Shuningdek, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi yarim yillik natijalariga ko‘ra, qurilish sohasining o‘sishi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4% va qishloq xo‘jaligida 3% atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Pul-kredit sharoitlari

Markaziy bank besh oy davomida o‘rtacha darajadagi qat’iy pul-kredit sharoitlarini saqlab turdi.

Aprel oyi natijalariga ko‘ra, kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari mart oyiga nisbatan 0,7% darajaga pasaydi va 24,1%ni tashkil etdi, bir yildan ortiq muddatli depozitlar bo‘yicha 0,5%ga oshdi va 19,3%ga teng bo‘ldi. Bu umumiy kredit portfelida yuqori foiz stavkalari va iste’mol kreditlari ulushining kamayishi bilan bog‘liq bo‘lib, ushbu tendensiya kelgusi oylarda ham saqlanib qolishi kutilmoqda.

Iqtisodiyotga kreditlar sarflanmalarining o‘sishi, valyuta kursining o‘zgarishini hisobga olmaganda, may oyida aprelga nisbatan tezlashdi (2,2%dan 2,8%gacha) va besh oy ichida 14,4% yoki 30 trln so‘mni tashkil etdi.

Pandemiya ta’siri natijasida tijorat banklarining depozit operatsiyalariga talabi kamaymoqda.

May oyida banklararo pul bozori faollashdi va tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 4,4 trln so‘mni tashkil etdi, bu aprel oyiga nisbatan 2 trln so‘mga (85%) ko‘pdir.

Shu bilan birga, 14 kungacha bo‘lgan muddatli depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari Markaziy bankning foizli yo‘lagida ba’zi o‘zgarishlar bilan shakllantirildi, uzoq muddatli manbalarga bo‘lgan talabning ortishi sababli 30 kun va undan ortiq muddatli depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari nisbatan yuqori bo‘ldi.

Milliy valyutaning ayirboshlash kursi tashqi va ichki omillar ta’sirida aprel oyida 5,8%ga qadrsizlandi va may oyida u nisbatan barqaror darajada shakllandi.

Forbes.uz

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar