Karantin tartiblari 1 avgustga qadar uzaytirildi

Karantin tartiblari 1 avgustga qadar uzaytirildi

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratish tartibi, shuningdek, kuchaytirilgan sanitariya-gigiyena nazorati joriy yilning 1 avgustiga qadar saqlab qolinadi.

Jamoat joylarida tibbiy niqobdan va antiseptik vositalardan foydalangan holda harakatlanish bo‘yicha sanitariya-gigiyena talabiga qat’iy rioya etilishi, shu jumladan ijtimoiy masofani saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytirish belgilanmoqda.

Karantin cheklovlari sharoitida faoliyat yuritishiga ruxsat berilgan tadbirkorlik sub’yektlariga (qurilish, umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish ob’yektlari va b.) tegishli ob’yektlarda belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga rioya etmaslik oqibatida koronavirus infeksiyasi aniqlangan taqdirda ushbu ob’yektlarni va shaxslarni karantinga olish hamda saqlash bilan bog‘liq xarajatlar mazkur sub’yektlar hisobidan qoplanishi belgilandi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar