Iste’mol savatidagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari pasayishi qayd etildi

Iste’mol savatidagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari pasayishi qayd etildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2020 yil 4 avgust holatiga ko‘ra aholining iste’mol savatchasidagi oziq-ovqat narxlari indeksini ishlab chiqildi.

Ma’lumot uchun: indeks go‘sht va sut mahsulotlari (mol go‘shti, qo‘y go‘shti, parranda go‘shti, sut, tuxum), sabzavotlar (piyoz, karam, pomidor, sabzi, bodring, kartoshka), mevalar (olma, nok), poliz mahsulotlari (tarvuz, qovun, qovoq, uzum), dukkakli ekinlar (no‘xat, loviya, mosh), guruch, un, makaron, sabzavot, sariyog‘ va shakar kabi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini hisobga olgan holda hisoblandi.

Yagona indeksni tuzishda, mamlakat aholisining iste’mol odatlarini tavsiflovchi og‘irliklar qo‘llanildi (ya’ni, aholi o‘rtasida ushbu mahsulot qancha ko‘p iste’mol qilinsa, uning og‘irligi shuncha yuqori bo‘ladi).

Natijada quyidagilar aniqlandi:

2020 yil 4 avgust holatiga oziq-ovqat narxlari indeksi respublikada o‘tgan haftaga nisbatan -0,21% tashkil etdi.

Ma’lumot uchun: qovun, pomidor, qovoq, tarvuz, nok, loviya, kartoshka, uzum, olma kabi mahsulotlar narxi o‘rtacha pasaydi va shu bilan bir qatorda bug‘doy uni, parranda go‘shti, no‘xat, sut, shakar kabi mahsulotlar narxlari ham arzonlashdi. Xususan, qovunning narxi (1 kg) -7,58% ga pasayib, 2606 so‘mni tashkil etdi. Pomidor (1 kg) kabi mahsulotlarning o‘rtacha narxi 3118 so‘m (-6,18%), qovoq (1kg) 2764 so‘m (-5,83%), tarvuz (1kg) 1422 so‘m (-4,47%), nok (1kg) 14043 so‘m (-2,53%), loviya (1kg) 15442 so‘m (-2,24%). Olmaning o‘rtacha narxi (1 kg) -1,17 % pasayib, 9216 so‘mni, uzum (1 kg) -1,52 % tushib, 9676 so‘mni tashkil etdi. Shakar (-0,07%), sut (-0,08%), no‘xat (-0,17%), parranda go‘shti (-0,26%) va bug‘doy uni (-0,43%) kabi mahsulotlar narxlarining bir oz pasayishi qayd etildi, (1-jadval).

Go‘sht turlarining narxi o‘tgan haftaga nisbatan biroz ko‘tarildi.

Ma’lumot uchun: oziq-ovqat mahsulotlari o‘rtacha narxlarida sabzi (+ 1,97%) va bodring (-1,34%)narxlarida o‘sish kuzatildi va mos ravishda 2461 so‘m va 2553 so‘mni tashkil etdi. Qo‘y go‘shti (+ 0,78%), mol go‘shti (+ 0,47%) va baliq (+ 0,99%) narxlarida biroz o‘sish kuzatildi va respublika bo‘yicha o‘rtacha 1 kilogramm uchun mos ravishda 54923 so‘m, 52797 so‘m va 23105 so‘mni tashkil etdi (1-jadval).

1-jadval. 4 avgust holatiga O‘zbekiston Respublikasida oziq-ovqat mahsulotlarining narxi o‘tgan haftaga nisbatan o‘sishi yoki pasayishi, (%)

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika xizmati tezkor ma’lumotlari asosida muallif hisob-kitoblari

Hududlar bo‘yicha Andijon va Toshkent viloyatlarida oziq-ovqat narxlari indeksining mos ravishda -1,35 va -1.44% ga pasayishi kuzatildi. Jizzax (-0,55%), Navoiy (-0,70%), Namangan (-0,34%), Surxondaryo (-0,19%), Farg‘ona (-0,49%) viloyatlari va Toshkent shahrida ( -0,11%) oziq-ovqat narxlari indeksining pasayishi kuzatildi, bu esa ushbu xududlarda oziq-ovqat narxlarining pasayishini kuzatildi. Sirdaryo viloyatida oziq-ovqat narxlari indeksining ko‘rsatkichlari + 1,40% ni tashkil etdi, bu esa oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari o‘tgan haftaga nisbatan oshganligidan dalolat beradi. Shuningdek, narxlar indeksining o‘sishi Qoraqalpog‘iston Respublikasida (+ 0,18%), Buxoro (+ 0,63%), Qashqadaryo (+0.99) va Xorazm (+ 0,12%) viloyatlarida kuzatildi.

Samarqand viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari narxlar indeksi deyarli o‘zgarmadi, bu esa o‘tgan haftaga nisbatan oziq-ovqat narxlarining barqarorligidan dalolat beradi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar