O‘zbekiston xorijiy hamkorlar bilan umumiy qiymati 31 milliard dollar bo‘lgan 800 dan ortiq loyiha ishlab chiqdi

O‘zbekiston xorijiy hamkorlar bilan umumiy qiymati 31 milliard dollar bo‘lgan 800 dan ortiq loyiha ishlab chiqdi

Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida Xalqaro press-klubning navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tmoqda. Unda Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, siyosiy partiyalar vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etishmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matovning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda - investitsiyalarni jalb qilish elchilar oldidagi asosiy vazifalardan biridir.

“Ilgari, agar elchi investitsiya va biznes loyihalarini jalb qilish bilan shug‘ullansa, u shunchaki ishdan olinardi. Bugungi kunda - investitsiyalarni jalb qilish elchilar oldidagi asosiy vazifalardan biri.

So‘nggi bir yarim yil ichida chet ellik sheriklar bilan umumiy qiymati 31 mlrd AQSh dollari bo‘lgan 816 loyiha ishlab chiqilib, imzolandi.

Biz xalqaro moliyaviy institutlar va banklar, shuningdek, xorijiy investorlarning ishonchini qayta tiklanishini his qilmoqdamiz.

Shuningdek, ilgari, xalqaro maydonlarda bizni bolalar va paxta terishda bolalar va majburiy mehnati uchun tanqid qilishgan. Bugungi kunda Xalqaro mehnat tashkiloti va boshqa institutlarning O‘zbekistonga nisbatan pozitsiyasi butunlay o‘zgardi”, - deydi Ilhom Ne’matov.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar