O‘zbekiston Missiyasi rahbari NATO bosh kotibiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekiston Missiyasi rahbari NATO bosh kotibiga ishonch yorliqlarini topshirdi

2020 yilning 9 yanvar kuni Bryussel shahrida O‘zbekiston Respublikasining NATO huzuridagi Missiyasi rahbari, Elchi Dilyor Xakimov Alyans Bosh kotibi Yens Stoltenbergga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Marosimdan keyin bo‘lib o‘tgan suhbatda tashkilot rahbari Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan O‘zbekistonning ulkan salohiyatini to‘laqonli ochish imkoni beruvchi va mamlakatni tarixiy rivojlanishning yangi bosqichiga olib chiquvchi tub islohot va o‘zgarishlarga yuqori baho berdi.

O‘zbekiston va NATO o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning, jumladan harbiy ta’lim sohasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari, xalqaro hamjamiyatning Afg‘onistonda barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlari ham muhokama qilindi.

Yens Stoltenberg Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikning rivojlanayotganini alohida ta’kidladi va O‘zbekistonning Afg‘onistondagi mojoroni bartaraf etish masalalaridagi rolini qo‘llab-quvvatladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar