Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston fuqarolarining real daromadlari haqida ma’lumot berdi

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston fuqarolarining real daromadlari haqida ma’lumot berdi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining umumiy daromadlari 176 trillion so‘mni tashkil etdi.

Aholi jon boshiga o‘rtacha umumiy daromadlar bo‘yicha Toshkent shahrida (10,5 million so‘m) hamda Navoiy (8,3 million so‘m), Buxoro (6,4 million so‘m) va Toshkent viloyatlarida (5,5 million so‘m) o‘rtacha respublika darajasidan yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilganligi kuzatildi.

Eng quyi ko‘rsatkich esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida (3,8 million so‘m), Namangan (3,9 million so‘m) va Farg‘ona (4 million so‘m) viloyatlarida qayd etildi.

Aholi daromadlari bo‘yicha real o‘sish sur’atlarini hisoblashda, narx omillari ta’sirini chiqarib tashlash maqsadida, inflyasiya ko‘rsatkichlarining asosiy turlaridan biri — iste’mol narxlari indeksidan (INI) foydalaniladi. Iste’mol narxlarining o‘zgarishi sababli 2019 yilning mos davriga nisbatan aholi umumiy daromadlarining real o‘sishi sur’ati 101,5 foizni tashkil etgan.

Ta’kidlanishicha, koronavirus pandemiyasi davrida aholi jon boshiga real daromadlar o‘sishiga sezilarli ta’sir etdi. Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning eng yuqori real o‘sishi Navoiy (5,2 foiz) va Jizzax (4,1 foiz) viloyatlarida kuzatildi.

Shu bilan birga, Toshkent shahri (4,8 foiz) Andijon (1,5 foiz) Qashqadaryo (1,2 foiz), Farg‘ona (0,7 foiz) va Sirdaryo (0,6 foiz) viloyatlarida aholi jon boshiga real daromadlarning pasayishi kuzatilgan.

Aholi umumiy daromadlari hajmini sezilarli darajada o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 69,4 foiz ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (yollanma ishchilarning daromadlari va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar) va 24,8 foizini tashkil etuvchi transferdan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar