Bryus Panniyer: Shavkat Mirziyoyev ayni tang vaziyatda mintaqada yana liderlikni o‘z qo‘liga oldi

Bryus Panniyer: Shavkat Mirziyoyev ayni tang vaziyatda mintaqada yana liderlikni o‘z qo‘liga oldi

Davletovuz'ning yozishicha, Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha ekspert Bryus Panniyer u navbatdagi tahliliy maqolasida "Markaziy Osiyo doirasida sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga faol harakat qilayotgan bitta siyosatchi bo‘lsa, u ham O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev", ekanligini bildirgan.

“Markaziy Osiyo doirasida koronavirusga qarshi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga faol harakat qilayotgan bitta siyosatchi bo‘lsa, u ham O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevdir.

Navro‘z oxirgi yillarda Markaziy Osiyo uchun alohida sanaga aylandi. Chunki shu sana atrofida mintaqa mamlakatlari liderlari Shavkat Mirziyoyevning BMTdagi tashabbusidan so‘ng bir stol atrofida o‘tirib, norasmiy muloqot qilishga kelishib olgan edi. Dastlab Astanada to‘rt mamlakat, Toshkentda esa besh mamlakat rahbarlarining, o‘zbekcha ta’bir bilan aytganda, “choyxonasi” bo‘lib o‘tdi.

Afsuski, bu yil koronavirus sababli hamma o‘z dardi bilan ovora. Chegaralar taqa-taq yopilgan, barcha o‘z bilganicha va tushunganicha ofatga qarshi kurashmoqda. O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev ushbu tang vaziyatda mintaqada yana liderlikni o‘z qo‘liga oldi.

Agar Markaziy Osiyo doirasida sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga faol harakat qilayotgan bitta siyosatchi bo‘lsa, u ham O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevdir”, deydi Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha ekspert, RFE/RL kolumnisti Bryus Panniyer.

Muallifning qayd etishicha, O‘zbekistonda ilk koronavirus infeksiyasi 14 mart kuni, Qozog‘istondan ikki kun o‘tib aniqlandi. 18 mart kuni Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayev bilan telefonda muloqot qildi, 20 mart kuni esa Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefonda vaziyatni muhokama qildi.

Shu yilning 18 va 27 mart kunlari esa Turkmaniston rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov telefon orqali muloqot qildi. 27 mart kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan ham telefonda gaplashdi. Bir kun oldin esa Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani bilan vaziyatni atroflicha muhokama qilishgan edi. Faqatgina Tojikiston rahbari bilan muloqot qilinmadi, xolos.

“Shavkat Mirziyoyevga tahsin aytish kerak, chunki u mintaqa davlatlari sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish borasida juda katta ishni amalga oshirdi”, deya fikrini umumlashtiradi Bryus Panniyer.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar