Bemorlarni saralash, evakuatsiya qilish, davolash jarayonini monitoring qilish guruhlari tuziladi

Bemorlarni saralash, evakuatsiya qilish, davolash jarayonini monitoring qilish guruhlari tuziladi

“Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda koronavirus kasalligiga chalingan bemorlarga uy sharoitida yordam ko‘rsatishning tegishli tartibi joriy qilinadi.

Unga ko‘ra:

  • har bir oilaviy poliklinika kesimida umumiy amaliyot shifokori va patronaj hamshirasi uchun aniq xonadonlar taqsimlanadi hamda umumiy nazorat oilaviy poliklinika mudiri tomonidan amalga oshiriladi;
  • har bir tuman (shahar) tibbiyot birlashmasida tajribali shifokorlardan iborat bo‘lgan kasallikka chalingan bemorlarni saralash va evakuatsiya qilish, davolash jarayonini monitoring qilish guruhlari tuziladi;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har bir tuman (shahar) tibbiyot birlashmasida birlamchi bo‘g‘in shifokorlari bilan tuman (shahar) tibbiyot birlashmasining vrachlari operativ maslahatlashish va bemorlar ahvolini to‘g‘ri baholay olish imkonini beradigan aloqa tizimi o‘rnatiladi;
  • oilaviy poliklinika mudiri har kuni kasalligi simptomsiz, yengil kechayotgan bemorlar, ular bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar soni, ahvoli, shuningdek davolash muolajalarini olayotgan bemorlarda kasallik kechish dinamikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni telefon yoki onlayn videoaloqa tizimi orqali tuman (shahar) tibbiyot birlashmasining oilaviy poliklinikalar bo‘yicha koordinatoriga yetkazib boradi;
  • uy sharoitida davolanayotgan bemorlar ahvoli dinamikasida salbiy o‘zgarishlar kuzatilgan taqdirda mobil guruhga murojaat qilib, bemorni tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga tegishli bo‘lgan tibbiyot muassasalariga yotqizish choralarini ko‘radi.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar