Bank tizimini isloh qilish 5 yillik strategiyasi tasdiqlandi

Bank tizimini isloh qilish 5 yillik strategiyasi tasdiqlandi

“2020–2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan O‘zbekistonda bank sektorini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

Xususan, banklarning davlat resurslariga qaramligini pasaytirish, banklar faoliyatini avtomatlashtirish, banklarning asosiy faoliyat turi bilan bog‘liq bo‘lmagan funksiyalarini bosqichma-bosqich bekor qilish orqali bank tizimining samaradorligini oshirish bank sektorini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlaridan etib belgilandi.

2020–2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi tasdiqlandi hamda strategiyani amalga oshirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi.

Maqsadli ko‘rsatkichlarda, jumladan, quyidagilar nazarda tutildi:

  • bank tizimi aktivlarining jami hajmida davlat ulushi bo‘lmagan banklar aktivlari hissasini joriy 15 foizdan 2025 yilga kelib 60 foizgacha oshirish;
  • banklar majburiyatlarining umumiy hajmida xususiy sektor oldidagi majburiyatlar hissasini joriy 28 foizdan 2025 yil yakuniga 70 foizgacha oshirish;
  • 2025 yilga kelib davlat ulushi mavjud kamida uchta bank kapitaliga zarur tajriba, bilim va nufuzga ega kamida uchta strategik xorijiy investorlarni jalb qilish;
  • umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlari ulushini joriy 0,35 foizdan 2025 yilga kelib 4 foizgacha oshirish.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar