Amerikaning CNBC telekanali O‘zbekiston haqidagi 6 ta filmni efirga uzatmoqda

Amerikaning CNBC telekanali O‘zbekiston haqidagi 6 ta filmni efirga uzatmoqda

Joriy yilning 8 dekabridan boshlab, AQShning SNBC («Consumer News and Business Channel») telekanali O‘zbekistonga bag‘ishlangan oltita filmni efirga uzatishni boshladi.

Mazkur hujjatli filmlarda yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar taniqli xorijiy jurnalistlar talqinida namoyish qilinmoqda. Mazkur filmlarda O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi munosabatlardagi ijobiy o‘zgarishlar ham o‘z aksini topgan. Filmlar amerikalik mashhur jurnalist va teleboshlovchi Rayan Chilkot tomonidan suratga olingan. U ushbu filmlarni yaratish uchun O‘zbekiston va Afg‘onistonga bir necha bor tashrif buyurgan.

Yana uchta film Buyuk Britaniyaning Imotus kinokompaniyasi tomonidan SNBC telekompaniyasi buyurtmasiga asosan suratga olingan.

«O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasi va “O‘zbekkino” Milliy agentligi bilan hamkorlikda yaratilgan ushbu filmlar xalqaro hamjamiyatni O‘zbekistonda yuz berayotgan yangilanishlar jarayoni bilan tanishtirishga, shuningdek Markaziy Osiyoda kuzatilayotgan keng ko‘lamli siyosiy jarayonlar bilan yaqindan tanishtirishda muhim ahamiyatga ega”, - deydi ijodiy hamkorlardan biri – Belgrave Europe kompaniyasi xalqaro aloqalar bo‘yicha mutaxassisi Fred Xarrison.

“Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishish maqsadida dunyoning turli hududlaridan xorijiy jurnalistlar, kinematograflar kelayotgani quvonarli hol, - deydi “O‘zbekkino” Milliy agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov. – biz har doim bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaymiz va ularga qo‘limizdan kelgunicha yordam beramiz”.

Eslatib o‘tamiz, CNBC telekanalida O‘zbekiston haqidagi filmlar Amerika vaqti bilan shanba va yakshanba kunlari (14,15, 21, 22, 28 dekabr) 21:15 da, dushanba kunlari (16, 23 dekabr) 23:30 da namoyish qilinadi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar