“UzAvto” brendidan foydalanish huquqiga ega bo‘ladigan MChJ shaklidagi boshqaruv kompaniyalari tashkil etiladi

“UzAvto” brendidan foydalanish huquqiga ega bo‘ladigan MChJ shaklidagi boshqaruv kompaniyalari tashkil etiladi

8 iyul kuni “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, qishloq xo‘jaligi mashinasozligini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini qayta ko‘rib chiqish va unifikatsiya qilish, ularning sifatini yaxshilash, tannarxini pasaytirish va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tashkilotlarining rentabelligini oshirish asosiy yo‘nalishlardan biri etib belgilandi.

Qarorga ko‘ra, “O‘zagrotexsanoatxolding” AJning quyidagi ulushlari (aksiyalari) Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilishi hamda agentlik tomonidan “O‘zavtosanoat” AJga:

Ustav kapitalidagi davlat ulushlari uch yil muddatga ishonchli boshqauvga beriladi:
• “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ;
• “Agregat zavodi” AJ;
• “Texnolog” AJ;
• “Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi" AJ,
• “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MChJ;
• “Agrosanoatmashinvest” MChJ.

Ustav kapitalidagi davlat ulushlari savdoga quyiladi:
• “Urganchozuqamash” AJ;
• “Agrotex-lit” MChJ.

Faoliyati tugatiladi:
• “Agrotexmash-DD” MChJ;
• “Agromash sanoat invest” MChJ.

Bundan tashqari, “O‘zavtosanoat” AJning o‘z nomlarida “UzAvto” brendidan (tovar belgisidan) foydalanish huquqiga ega bo‘ladigan MChJ shaklidagi boshqaruv kompaniyalari tashkil etiladi.

Qaror bilan, 2019 yil yakunlariga ko‘ra, "O‘zavtosanoat" AJ aksiyalari bo‘yicha dividendlarni sof foydaning 30 foizi miqdorida hisoblash va to‘lash muddati penya hamda foizlar hisoblanmasdan 2020 yil 31 dekabrgacha etib belgilandi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar