Singapur kompaniyasi O‘zbekistonda chiqindidan o‘g‘it ishlab chiqarmoqchi

Singapur kompaniyasi O‘zbekistonda chiqindidan o‘g‘it ishlab chiqarmoqchi

Singapur kompaniyasi Toshkentda chiqindidan o‘g‘it ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin. Bu haqida Toshkent shahar hokimligida Singapurning Alpha Global Capital Pte. kompaniyasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum aytib o‘tildi.

Singapur kompaniyasi bu yo‘nalishda yetarli tajribaga ega bo‘lib, ular qattiq va aralash turdagi chiqindilarni qayta ishlash natijasida ekologik toza o‘g‘itlar ishlab chiqarish, qurilish materiallarini tayyorlash, shuningdek, suvni zararsizlantirish uchun qator texnologiyalarni ishlab chiqaradi.

Kompaniya taklif etayotgan texnologiyalar kichik hududlarga mo‘ljallangan bo‘lib, transport xarajatini talab etmaydi, atrof-muhitga zararli moddalarni chiqarmaydi, shuningdek, energiya tejamkordir. Suvni zararsizlantirish bo‘yicha takliflari esa, kanallarning sanitar holatini yaxshilash va obodonlashtirish uchun foydali, deyilgan xabarda.

Uchrashuvda “Maxsustrans IChB” va “Suvsoz” DUK rahbarlari, Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti direktori o‘rinbosari va boshqa mas’ullar ishtirok etishdi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar