Prezident olis hududlarga ishga boradigan yosh mutaxassislar uchun yordam puli va uy-joy ajratish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident olis hududlarga ishga boradigan yosh mutaxassislar uchun yordam puli va uy-joy ajratish bo‘yicha topshiriq berdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 16 iyun kuni xizmat ko‘rsatish va ichki turizm sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yilgi bitiruvchilarni o‘qish va ishga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Joriy yilda 451 mingdan ziyod yoshlar maktablarni va 188 ming nafari kollejlarni tamomladi. Bu yil qabul qamrovi kengaygani natijasida ularning 103 ming nafari oliy ta’lim muassasalariga va 90 mingtasi kollej-texnikumlarga o‘qishga kirganda ham, boshqalarining bandligini ta’minlash zarur. Shuningdek, 71 ming nafar talaba oliy o‘quv yurtlarini bitirdi.

– Qaysi hokim bu masalada bosh qotirib, bitiruvchilar bilan shaxsan uchrashdi? Yosh o‘g‘il-qizlarimiz ertaga qayerga va kimga ish so‘rab murojaat qiladi? Hududda ular uchun ish o‘rinlari zaxirasi shakllantirilganmi? – deya savollar qo‘ydi davlat rahbari.

Masalan, Surxondaryo viloyatida qariyb 2 ming nafar talaba pedagogika yo‘nalishlarini bitirmoqda. Ayni paytda Sariosiyo, Oltinsoy va Uzun tumanlaridagi qishloq maktablarida o‘qituvchilar yetishmaydi. Viloyat hokimi va sektor rahbarlari shu bitiruvchilar bilan uchrashib, ularni ishga yo‘naltirishga yordam berishi kerakligi ta’kidlandi. Bosh vazir o‘rinbosarlariga olis hududlarga ishga boradigan yosh mutaxassislarni rag‘batlantirish, ular uchun boshlang‘ich yordam puli va uy-joy ajratish tizimini joriy etish bo‘yicha topshiriq berildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar