O‘zbekistonda elektron pullarning muomalada bo‘lishi qoidalarini ishlab chiqdi

O‘zbekistonda elektron pullarning muomalada bo‘lishi qoidalarini ishlab chiqdi

O‘zbekiston Markaziy banki «O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarning chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaror loyihasini ishlab chiqdi.

Elektron pullarning asosiy afzalliklaridan biri foydalanuvchilarga banklarda hisobvaraq ochmagan holda, internet orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etishi hisoblanadi. «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi qonunning 21-moddasida O‘zbekiston hududida elektron pullarning chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari belgilangan.

Shuningdek, Markaziy bank «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi qonunning kuchga kirishi munosabati bilan bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritmoqda, jumladan, Markaziy bank boshqaruvining «O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori.

Qayd etilishicha, «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi qonun hamda yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizom qayta ko‘rib chiqilib, yangi tahrirda ishlab chiqildi. Amaldagi nizomning tijorat bankining hisob-kitob cheklari va bank plastik kartalari bilan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi talablari chiqarib tashlandi. Yangi tahrirda qabul qilingan Soliq kodeksi talablaridan kelib chiqib, soliq organlari tomonidan inkasso topshiriqnomalarini taqdim etish tartiblariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Olingan kreditlar qaytarilishi uchun kafil bo‘lgan sub’yektlardan qarzdorliklarni undirish maqsadida akseptsiz to‘lov talabnomasi, nafaqat kredit, balki unga hisoblangan foizlarni undirish uchun ham taqdim etilishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar