O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasi Sirdaryo viloyatiga xayriya mablag‘i ajratdi

O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasi Sirdaryo viloyatiga xayriya mablag‘i ajratdi

O‘zbekiston-Turkiya harbiy tekstil ishlab chiqarish qo‘shma korxonasi Sirdaryo viloyatiga xayriya mablag‘i ajratdi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi keyingi yillarda mamlakat mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish yo‘nalishida chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish va manfaatdor xorijiy sheriklar bilan kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yib kelmoqda. Xususan, Turkiya Respublikasining «Barer Holding» kompaniyasi bilan Toshkent viloyatida harbiy tekstil sanoatini yo‘lga qo‘yish va ikki maqsadga mo‘ljallangan tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan qo‘shma korxona barpo etilmoqda.

Turkiyaning «Barer Holding» kompaniyasi rahbariyati hamkorlikdagi investitsion loyihalarni amalga oshirish bilan bir qatorda Sirdaryo viloyatining “Sardoba suv ombori” to‘g‘oni buzilishi va suv toshqini yuzaga kelishidan jabr ko‘rgan mahalliy aholiga ko‘mak berish maqsadida 250 ming dollar miqdorida xayriya mablag‘i ajratdi.

«Sirdaryo viloyatining Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumani aholisiga chin dildan hamdardlik bildiraman. O‘zbekiston hukumati va fuqarolari ushbu falokat oqibatlarini bartaraf etish uchun tezda safarbar etildi. «Barer Holding» kompaniyasi bu ofatdan zarar ko‘rgan oilalarni qo‘llab-quvvatlashdan faxrlanadi. Kompaniya rahbariyati og‘ir kunlarda Sirdaryo xalqi bilan birga ekanligini izhor etadi: talafotlar tez kunlarda bartaraf etilishiga va Sirdaryo xalqi tez orada o‘zining farovon turmush tarziga qaytishiga ishonadi», deydi xolding kompaniya prezidenti Oktay Erdjan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar