Ovqat va suvenir mahsulotlarini yetkazib berish xizmatlari uchun grantlar ajratiladi

Ovqat va suvenir mahsulotlarini yetkazib berish xizmatlari uchun grantlar ajratiladi

1 iyun kuni “Tiklanish sari yo‘l” mavzusida turizmga oid xalqaro onlayn-konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov soha bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar berdi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Jumladan, turizmni qo‘llab-quvvatlash Fondining subsidiyalari va grantlari quyidagicha ishlatiladi:

  • turizm sohasidagi innovatsion biznes g‘oyalar va “startap” loyihalarini amalga oshirish uchun subsidiyalar ajratish (1,5 mlrd. so‘m miqdorida).

Milliy turoperatorlarga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

  • har bir chet ellik sayyoh uchun 15 AQSh dollari miqdorida subsidiya;
  • sotib olingan temir yo‘l va aviachiptalar narxining 30 foizini qoplash.

Xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish uchun mehmonxonalar xarajatlarini qoplash:

  • 3 yulduzli mehmonxona - har bir xonaga 5 million so‘m;
  • 4 yulduzli mehmonxona - har bir xonaga 10 million so‘m;
  • 5 yulduzli mehmonxona - bir xonaga 15 million so‘m;
  • ovqatlanishning tematik punktlari, ovqat va suvenir mahsulotlarini yetkazib berish xizmatlari uchun loyiha qiymatining 30 foiz miqdorida grantlar taqdim etiladi;
  • yangi turistik mahsulotlar va yo‘nalishlarni ishlab chiqish va ilgari surish bo‘yicha gidlarga - 5 mln. so‘m, turoperatorlarga - 10 mln. so‘m miqdorida grant ajratiladi.

Inqirozga qarshi jamg‘armaning umumiy fondi 110 million AQSh dollaridan oshirildi.

Turizmni tiklashga qaratilgan ushbu va boshqa chora-tadbirlar 500 million AQSh dollaridan oshiq turistik pul aylanmasi va 350 million AQSh dollaridan ortiq qo‘shimcha turistik xizmatlar eksportining vujudga kelishiga zamin yaratadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar