"Ipoteka bank" xodimida koronavirus aniqlandi

Ma’lumotlarga qaraganda, kasallikka chalingan fuqaro yaqin 20 kun ichida o‘zi va oila a’zolari mehmonga bormagan, qo‘ni-qo‘shnilarnikiga ham chiqmagan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

"Uning yashash manzili bo‘yicha muloqotda bo‘lgan barcha oila a’zolari belgilangan tartibda karantinga olindi. Qo‘shimcha epidemiologik surishtiruv ishlari davom etmoqda", deyiladi xabarda.

Bemor bilan muloqotda bo‘lgan hamkasblari ham belgilangan tartibda 14 kunlik karantin nazoratiga olingan. Qolgan xodimlar esa yashash manzillari bo‘yicha tibbiy nazoratga olindi. Barcha muloqotda bo‘lganlardan laborator tahlil uchun namunalar olingan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar