Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

7 iyul kuni Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Hujjat bilan Prezidentning 2019 yil 9 dekabrdagi PQ–4546-son qaroriga ko‘ra davlat organlari tomonidan talab qilish va mahalla tomonidan berish taqiqlangan 28 turdagi hujjatlar bilan bog‘liq Hukumat qarorlariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Shuningdek, qaror bilan hokimliklarning litsenziyalash va ruxsat berishga oid bir qancha vakolatlari boshqa davlat organlariga o‘tkazildi.

Xususan:

• Chet tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish faoliyatini litsenziyalash – Xalq ta’limi vazirligi va viloyat xalq ta’limi boshqarmalariga;

• Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash – Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining hududiy bo‘linmalariga;

• Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash – Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalariga;

• Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilishga ruxsat etuvchi maxsus guvohnomalar berish – tuman (shahar) soliq inspeksiyalariga.

Ayrim idoralararo kollegial organlar tugatildi yoki vakolatlari boshqa davlat organiga o‘tkazildi.

Jumladan,
• qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tugatildi;
• xorijiy tillarni o‘rganishni yanada rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash vakolatlari – Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Xalq ta’limi vazirliklariga;
• O‘zbekiston milliy avtomagistrali bo‘ylab yo‘l infratuzilmasi va servisi ob’yektlarining joylashtirilishini ko‘rib chiqish va kelishish Komissiyasi vakolatlari – Transport vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga;
• mahalliy nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ko‘rgazmalari va yarmarkalarini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaning vakolatlari – Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga o‘tkazildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar