COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘riladi

COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘riladi

“Jahon banki ishtirokida “O‘zbekistonda koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan “O‘zbekistonda koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish” loyihasi parametrlari tasdiqlandi.

Loyihaning maqsadi O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish uchun sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash, karantin tadbirlari amal qilishi davrida kam ta’minlangan oilalar va ishsizlarga vaqtinchalik nafaqalar berish tizimini kengaytirishdan iborat.

Loyihaning umumiy qiymati 106 757,1 ming dollarni tashkil etadi.

Sog‘liqni saqlash va Moliya vazirliklari Xalqaro taraqqiyot uyushmasining (XTU) kreditidan maqsadli foydalanish hamda loyihani samarali amalga oshirish uchun mas’ul hisoblanadi.

XTU kreditidan samarali foydalanishni monitoring qilish Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyati tomonidan amalga oshiriladi.

Loyiha doirasida tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun sotib olinadigan tibbiy buyum, tibbiy texnika va jihozlar ro‘yxati tasdiqlanadi.

Loyiha doirasidagi mablag‘lar hisobidan ishsizlik bo‘yicha nafaqalarning manzilli ajratilishi ta’minlanadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar