Xalqaro valyuta fondi: Global rivojlanish. Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqalari uchun ta’sirlari

Xalqaro valyuta fondi: Global rivojlanish. Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqalari uchun ta’sirlari

Joriy yil boshidan buyon neft va boshqa xom-ashyo tovarlar narxining keskin pasayishi Markaziy Osiyodagi mamlakatlar iqtisodiyotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Xitoy Italiya bilan birgalikda Turkmaniston (80 foizdan ko‘prog‘i Xitoy), Ozarbayjon va Qozog‘iston uchun muhim eksport manzili bo‘lib qolmoqda. Qirg‘iziston importining qariyb 30 foizi Xitoydan amalga oshiriladi. Ta’minotda uzilishlar import bilan bog‘liq byudjet tushumlarini kamaytirdi va ichki narxlar ko‘tarilishiga olib keldi (Qirg‘iziston, Tojikiston).

Undan tashqari Rossiyadagi iqtisodiy pasayish sababli pul o‘tkazmalarining pasayishi milliy valyutalar almashuv kursiga va suveren obligatsiyalar bo‘yicha foiz stavkalariga ta’sir ko‘rsatdi.

Kavkaz va Markaziy osiyo (KMO) neft eksport qiluvchi davlatlarda iqtisodiy o‘sish o‘rtacha 0,8 foizga pasayishi kutilmoqda (Ozarbayjonda -2,2 foiz, Qozog‘istonda -2,5 foiz, Turmanistonda 1,8 foiz va O‘zbekistonda 1,8 foiz). KMO mamlakatlari iqtisodiyoti COVID-19 pandemiyasidan eng ko‘p zarar ko‘rgan mamlakatlarga bog‘liqligi sababli, ushbu mamlakatlarda tashqi to‘lov balansi yomonlashishi mumkin. 2020 yilda Ozarbayjon (-8,2 foiz), Qozog‘iston (-6,8 foiz), Qirg‘iziston (-16,6 foiz) va O‘zbekistonda (-9,4 foiz) joriy hisoblari defitsitini yanada yomonlashishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, iqtisodiy faollikning pasayishi va sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohalarda qo‘shimcha choralar ko‘rish sharoitida fiskal balansning yanada yomonlashishi kutilmoqda.

Qirg‘iziston va Tojikistonda oziq-ovqat narxlarining ko‘tarilishidan xavotirda qayta moliyalash stavkalarini mos ravishda 75 va 50 bazaviy bandga ko‘tarildi. Qozog‘istonda ham tenge kursini erkin tebranishiga yo‘l qo‘shishdan oldin asosiy foiz stavkasini 275 bazaviy bandga ko‘tardi.

Iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash maqsadida YaIMning 9 foiziga teng miqdorda krizisga qarshi choralar paketini e’lon qildi. Ozarbayjon, Gruziya va O‘zbekistonda ham YaIMning 1-3 foizi miqdorida inqirozga qarshi fiskal paketlarini e’lon qilindi.

Yaqin kelajakda COVID-19 pandemiyasining insoniyatga va iqtisodiy zararlariga javob berish va uning ta’sirini cheklash ustuvor vazifa bo‘lib qoladi.

Virusdan aziyat chekayotgan davlatlar sog‘liqni saqlash sohasidagi imkoniyatlarni cheklayotgan muammolarni bartaraf etish va koronavirus tarqalishini kamaytirish maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri, tezkor moliyaviy xarajatlarni amalga oshirishi lozim.

Hukumatlar dori-darmon, shaxsiy himoya vositalari, tibbiy buyumlar va shu kabi boshqa tovarlar importini osonlashtirish uchun choralarini ko‘rib chiqishi kerak.

Bundan tashqari, maqsadli ijtimoiy to‘lovlar, shuningdek, eng ko‘p zarar ko‘rgan firmalarga vaqtincha subsidiyalar berish yoki soliq to‘lovlarini kechiktirish lozim.

Bunday chora-tadbirlarni mavjud moliyaviy rejalarini qayta kurib chiqmasdan amalga oshirish imkoniyati faqatgina kam sonli davlatlarda (Ozarbayjon, Qozog‘iston, O‘zbekiston) mavjud. Koronavirus muammosini zudlik bilan bartaraf etish uchun kiritilayotgan bunday o‘zgarishlar vaqtinchalik harakatlar ekanligini aholiga aniq yetkazish kerak.

Inflyasiya va tashqi to‘lov balansi katta xavf ostida bo‘lgan mamlakatlarda valyuta kursining keskin o‘zgarishi, inflyasion bosimning kuchayishini oldini olish maqsadida pul-kredit siyosatini qat’iylashtirish tavsiya etiladi.

Moliyaviy barqarorlikni saqlash maqsadida, valyuta bozoriga aralashuv va kapital oqimini boshqarish bo‘yicha choralar makroprudensial siyosat bilan birgalikda qo‘llanilishi mumkin. Biroq, bunday choralar shaffof va vaqtinchalik bo‘lishi lozim va zarur makroiqtisodiy o‘zgarishlar o‘rnini bosmasligi kerak.

Bundan tashqari, hukumatlar zarar ko‘rgan firmalarga yordam berishi uchun banklarga likvidlikni yetarli darajada ta’minlashi va favqulodda moliyalashtirish sxemalarini yo‘lga qo‘yishi lozim.

Iqtisodiy ko‘rsatkichlar:

O‘rtacha

Prognoz

2000-16

2017

2018

2019

2020

2021

YaIM real o‘sishi

7.4

4.0

4.3

4.8

-1.0

4.7

(Yillik o‘zgarish; foiz)

Armeniya

6.6

7.5

5.2

7.6

-1.5

4.8

Ozarbayjon

9.5

0.2

1.5

2.3

-2.2

0.7

Gruziya

5.5

4.8

4.8

5.1

-4.0

3.0

Qozog‘iston

6.9

4.1

4.1

4.5

-2.5

4.1

Qirg‘iziston

4.4

4.7

3.5

4.5

-4.0

8.0

Tojikiston

7.7

7.1

7.3

7.5

1.0

5.5

Turkmaniston

9.7

6.5

6.2

6.3

1.8

6.4

O‘zbekiston

6.8

4.5

5.4

5.6

1.8

7.0

Inflyasiya

9.1

9.4

8.3

6.8

7.7

6.9

(Yillik o‘rtacha; foiz)

Armeniya

3.8

1.0

2.4

1.4

0.8

2.0

Ozarbayjon

6.3

12.8

2.3

2.6

3.3

3.2

Gruziya

5.1

6.0

2.6

4.9

4.6

3.7

Qozog‘iston

8.6

7.4

6.0

5.2

6.9

6.8

Qirg‘iziston

8.0

3.2

1.5

1.1

10.6

7.2

Tojikiston

12.5

7.3

3.8

7.8

8.1

6.9

Turkmaniston

5.6

8.0

13.3

5.1

8.0

6.0

O‘zbekiston

13.8

13.9

17.5

14.5

12.6

10.6

Davlatning umumiy fiskal balansi

1.6

-2.8

2.0

0.6

-5.6

-3.1

(YaIMga nisbatan foiz)

Armeniya1

-3.4

-4.8

-1.8

-1.0

-5.0

-2.5

Ozarbayjon1

5.9

-1.4

5.5

8.4

-12.8

-9.7

Gruziya

-2.0

-2.7

-2.3

-2.0

-7.8

-3.8

Qozog‘iston

2.1

-4.3

2.5

-0.6

-5.3

-2.7

Qirg‘iziston

-4.0

-3.7

-0.6

-0.1

-9.6

-6.4

Tojikiston

-2.9

-6.0

-2.8

-2.1

-6.4

-3.0

Turkmaniston2

2.4

-2.8

-0.2

-0.3

-2.3

-0.5

O‘zbekiston

0.5

1.6

2.1

0.0

-3.3

-1.3

Joriy hisoblar balansi

0.2

-2.3

0.2

-1.6

-7.2

-5.0

(YaIMga nisbatan foiz)

Armeniya

-8.1

-3.0

-9.4

-8.2

-8.6

-7.2

Ozarbayjon

7.7

4.1

12.8

9.2

-8.2

-3.7

Gruziya

-10.8

-8.1

-6.8

-5.1

-10.5

-6.9

Qozog‘iston

-1.1

-3.1

-0.1

-3.6

-6.8

-5.5

Qirg‘iziston

-5.7

-6.2

-12.1

-9.1

-16.6

-11.0

Tojikiston

-9.0

2.2

-5.0

-3.3

-7.7

-4.5

Turkmaniston

-10.0

-10.4

5.5

5.1

-1.4

-0.4

O‘zbekiston

4.0

2.5

-7.1

-5.6

-9.4

-6.4

Manba: Milliy hukumatlar; XVF xodimlarining baholari va prognozlari

1Central government

2State government

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar