Toshkentda Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining filiali ochiladi

Toshkentda Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining filiali ochiladi

17 iyun kuni “Toshkent shahrida Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti filialini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahrida filiali tashkil etiladi.

Filialning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish, ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirishni kengaytirish, ta’lim oluvchilarning innovatsion g‘oyalarini amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilishdan iborat.

Filial nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi va filialda ta’lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.

Filial bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan universitet diplomi beriladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar