Tanzila Narbayeva: O‘zbekistonda 7 milliondan ortiq xonadonning 300 mingga yaqini ehtiyojmand

Tanzila Narbayeva: O‘zbekistonda 7 milliondan ortiq xonadonning 300 mingga yaqini ehtiyojmand

Respublika bo‘yicha 7 milliondan ortiq xonadonning 300 mingga yaqini (4,1 foiz) ehtiyojmand xonadon hisoblanadi. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva parlament yuqori palatasining beshinchi yalpi majlisida aytib o‘tdi.

«Pandemiya sababli mamlakatimiz iqtisodiy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotganligiga qaramasdan, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi. Kam ta’minlangan ehtiyojmand aholi ro‘yxati shakllantirilib, ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda», - dedi Tanzila Narbayeva.

Ma’lum qilinishicha, mamlakat bo‘yicha 7 mln 192 mingdan ortiq xonadonning 300 mingga yaqini (4,1 foiz) ehtiyojmand xonadon hisoblanadi. Ushbu xonadonlarning ro‘yxatlari mahalliy kengashlarning qarorlari bilan tasdiqlangan.

Shuningdek, yalpi majlisi davomida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish imkoniyatlari yanada kengaytirilishi va tadbirkorlik faoliyatini keng tarzda qo‘llab-quvvatlanishi natijasida 500 mingdan ziyod tadbirkorlik sub’yekti va 8 milliondan ortiq fuqaroga qariyb 30 trillion so‘mlik imtiyoz va preferensiyalar berilgani ta’kidlanib o‘tildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar