O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni ortdi

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni ortdi

Avval xabar berganimizdek, shu yilning 15 mart kuni Respublika Virusologiya instituti laboratoriyasida Fransiyada bo‘lib qaytgan bir nafar O‘zbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangan edi. Ayni paytda epidemiologik surishtiruv hamda kasallikni tarqalib ketmasligi uchun barcha profilaktik chora-tadbirlar to‘liq amalga oshirilmoqda. Nazorat kuchaytirilmoqda, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Shu bilan birga, bemor bilan birga muloqotda bo‘lgan barcha oila a’zolarini ham respublika Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi yotqizildi. Mutaxassislarimiz tomonidan ularga tibbiy nazorat o‘rnatilib, ixtisoslashgan laborator tahlildan o‘tkazildi. Tahlil natijalari bemorning o‘g‘li va qizida koronavirus infeksiyasi borligini ko‘rsatdi.

Shuningdek, shu yilning 15 mart kuni soat 05-15 da O‘zbekiston havo yo‘llari avia kompaniyasiga qarashli Istanbul - Toshkent yo‘nalishidagi 274- reys bilan kelgan O‘zbekiston fuqarosida ham ushbu infeksiya aniqlangan. Laborator tahlil respublika Virusologiya ilmiy tekshirish institutida o‘tkazilgan.

Hozirda shifokorlar va mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davolash va epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar