O‘zbekiston Qirg‘izistonga 560 ming dollarlik insonparvarlik yordamini yubordi

O‘zbekiston Qirg‘izistonga 560 ming dollarlik insonparvarlik yordamini yubordi

O‘zbekiston Qirg‘izistonga 560 ming dollarlik insonparvarlik yordami ajratdi. Bu haqda “Kabar” axborot agentligi Qirg‘iziston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri Zamirbek Askarovga tayanib ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston Qirg‘izistonga insonparvarlik yordami sifatida qiymati 560 ming dollarlik 2 ming tonna un, 9,5 ming dona kombinezon, 12 ming dona niqob, 25 ming dona qo‘lqop, 500 dona himoya ko‘zoynagi, 200 dona pirometr, 45 tonna xlor yetkazib bergan.

Shuningdek, xalqaro tashkilotlardan ham Qirg‘izistonga qiymati 9 million so‘mlik shaxsiy himoya vositalari, dezinfeksiya ishlarini olib borish uchun materiallar yetkazib berildi, degan vazir bo‘lib o‘tgan brifingda.

Mazkur yordam hududlar va sog‘liqni saqlash tashkilotlariga taqsimlangan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar