Koronavirusdan davolanayotgan bir bemor un 32 mln so‘m sarflanmoqda

Koronavirusdan davolanayotgan bir bemor un 32 mln so‘m sarflanmoqda

Ayni paytgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga davlat byudjetidan jami 209 mlrd 196 mln so‘m mablag‘ ajratilgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Unga ko‘ra, kasallikdan batamom forig‘ bo‘lib, reabilitatsiyaga kuzatilgan bemorlar 2492 kishiga yetgan (25 maygacha bo‘lgan ma’lumot).

Ma’lumot o‘rnida, virusdan xalos bo‘lganlarning har biri uchun 32,3 mln so‘mdan sarflanmoqda. Bundan tashqari, reabilitatsiyaga chiqarilgan bemorlarga deyarli 7 mlrd so‘m mablag‘ sarflanib, natijada odam boshiga 2,8 mlnga to‘g‘ri keladi.

Bayonot berilishicha, bugungi kunda mamlakatda virusdan davolanayotganlar soni 573 kishi bo‘lib, ularga sarflangan mablag‘ 18 mlrd 507 mln so‘mni tashkil etadi.

O‘zbekistonda 45 455 nafar inson karantinda bo‘lib turibdi va ularga jami 100 mlrd so‘mdan ortiqroq davlat byudjetidan pul sarflanmoqda.

Ayni vaqtgacha mamlakatimiz bo‘ylab 3261 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar