Shu bilan birgalikda sanoat va yirik qurilish ob’yektlari faoliyatini davom ettirishiga quyidagi shartlar asosida ruxsat berilmoqda:
- tegishli ob’yektlar hududi to‘liq karantinga olinadi;
- ob’yektlar hududida sanitariya va gigiyena qoidalariga to‘liq rioya etilishi ta’minlanadi;
- sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari bilan birgalikda tegishli ob’yektlarda sanitariya-gigiyena tadbirlari amalga oshirib boriladi;
- ob’yektlarga kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar, dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash;
- xodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritilishini ta’minlash.
Izoh qoldirish