Eng qimmat go‘sht Toshkent shahrida sotilmoqda

Eng qimmat go‘sht Toshkent shahrida sotilmoqda

Davlat statistika qo‘mitasi mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 11 avgust, seshanba kuni kuzatuv o‘tkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini keltirdi. Unda faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) 40 000 so‘mdan 65 000 so‘mgacha (kilogramm)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kilogramm mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori» va Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori»ning arzonlashtirilgan go‘sht rastalarida qayd etilgan (40 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxi esa Chirchiq shahrining «Chirchiq shahar dehqon bozori» va Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (65 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 39 000 so‘mdan 75 000 so‘mgacha (kilogramm)

Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Toshkentning «Mirobod dehqon bozori»da (39 000 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa Toshkentning «Oloy dehqon bozori»da (75 000 so‘m) kuzatildi.

Kartoshka 2500 so‘mdan 6000 so‘mgacha (kilogramm)

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, Namangan shahrining «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori» va «Damariq dehqon bozori», Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Chirchiq shahrining «Chirchiq shahar dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da sotuvda bo‘lgan yirik bo‘lmagan kartoshkaning narxi minimal narx sifatida (2500 so‘m) qayd etilgan. Shu bilan birga, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da sotilgan saralangan kartoshkaning narxi maksimal narx sifatida (6000 so‘m) qayd etildi.

Piyoz 1000 so‘mdan 3000 so‘mgacha (kilogramm)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, Namangan shahrining «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Chirchiq shahrining «Chirchiq shahar dehqon bozori», Yangiyo‘l shahrining «Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori» da (1000 so‘m) ro‘yxatga olindi. Maksimal narx sifatida esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da sotuvda bo‘lgan saralangan piyozning narxi kuzatildi (3000 so‘m).

Sabzi 1500 so‘mdan 4500 so‘mgacha (kilogramm)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Jizzax shahrining «Eski shahar dehqon bozori», Namangan shahrining «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Chirchiq shahrining «Chirchiq shahar dehqon bozori» va Farg‘ona shahrining «Markaziy dehqon bozori»da (1500 so‘m) qayd etilgan. Shu bilan birga, Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori» va «Oloy dehqon bozori» da sotuvda bo‘lgan tozalangan va saralangan sabzining narxi maksimal narx sifatida (4500 so‘m) qayd etildi.

Tuxum 6000 so‘mdan 12000 so‘mgacha (10 dona)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori»da sotuvda bo‘lgan mayda tuxumning narxi minimal narx sifatida qayd etildi (6000 so‘m). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori» va «Farhod dehqon bozori»da qayd etilgan (12 000 so‘m).

Guruch 5000 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kilogramm)

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da («Nukus 2» navli guruch) va Qarshi shahrining «Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori»da (5000 so‘mdan) qayd etilgan. Maksimal narx esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi («Lazer» navli guruch 18 000 so‘m).

O‘simlik yog‘i 8800 so‘mdan 14 500 so‘mgacha (litr)

O‘simlik yog‘i mahsulotlarining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkentning «Eski jo‘va dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (mahalliy paxta yog‘i 8800 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (kungaboqar yog‘i 14 500 so‘m) kuzatildi.

Shakar 5800 so‘mdan 7 000 so‘mgacha (kilogramm)

Shakar mahsulotining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkentning «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori», «Eski jo‘va dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da (5800 so‘m) qayd etildi. Maksimal narxi esa Toshkentning «Eski jo‘va dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (7000 so‘m) kuzatildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar