“Coca-cola”ning O‘zbekistondagi davlat ulushi kim oshdi savdosiga qo‘yiladi

“Coca-cola”ning O‘zbekistondagi davlat ulushi kim oshdi savdosiga qo‘yiladi

“Coca-cola Ichimligi Uzbekiston, ltd” mas’uliyati cheklangan jamiyatini ommaviy savdolar asosida xususiylashtirishga tayyorlamoqda. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati xabar qildi.

Bu jarayonga nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy investitsiya vositachilari va auditorlik kompaniyalarini jalb etish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: Hozirgi kunda Coca-cola Ichimligi Uzbekiston, ltd” mas’uliyati cheklangan jamiyati ustav kapitalidagi - 57,118 foiz ulush «O‘zbekozikovkatxolding» kompaniyasiga va 42,882 foiz «The Coca-Cola Export Corporation» (AQSh) kompaniyasiga tegishli.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar