Buxoro va Namanganda mahsulotlar tarkibidagi GMO miqdorini aniqlaydigan laboratoriyalar tashkil etiladi

Buxoro va Namanganda mahsulotlar tarkibidagi GMO miqdorini aniqlaydigan laboratoriyalar tashkil etiladi

AOKA huzuridagi shtabda "O‘zstandart" agentligi axborot xizmati rahbari Abdurauf Rasulov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda hozirgi kunda qishloq xo‘jaligi sohasiga tegishli 1276 ta standart (shundan 893 tasi xalqaro standartlarga uyg‘unlashgan) amalga kiritilgani haqida ma’lumot berildi. Bularning 309 tasi xalqaro va 6 tasi xorijiy davlatlarning standartlari.

Oziq-ovqat sanoatiga tegishli 3509 ta standart (2140 tasi xalqaro standartlarga uyg‘unlashgan) amalga kiritilgan. Bularning 424 tasi xalqaro va 23 tasi xorijiy davlatlarning standartlari.

2020 yilda respublikamiz bo‘yicha jami 164 ta (shundan 155 tasi Global G.A.P., 9 ta Organic) eksporter korxonalarga "Global G.A.P." va "Organic" standartlarini joriy etish va sertifikatlashtirish bo‘yicha reja tasdiqlandi.

Agentlik tizimiga mansub "UzTest" qoshidagi sinov laboratoriyalarini Jahon banki krediti asosida modernizatsiya qilish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.

Kredit mablag‘larini o‘zlashtirish natijasida respublika markazi qoshida oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xalqaro standartlar talablariga muvofiq sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini aniqlash imkoniyati yaratiladi, hamda Buxoro va Namangan markazlari qoshida yangi yo‘nalishdagi mahsulotlar tarkibidagi GMO miqdorini aniqlash laboratoriyasi tashkil etiladi.

Xalqaro ekspert (Latviyaning BIOR instituti vakili) tomonidan mamlakatimizda o‘tkazilgan o‘rganish natijasida, hududlarning eksport salohiyatidan kelib chiqqan holda o‘rganish o‘tkazildi. O‘rganish natijasiga ko‘ra, Respublika hamda Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm markazlaridagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini sinash laboratoriyalari modernizatsiyalash ko‘zda tutilgan, loyiha summasi 11,6 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar